Shumaxerning 1992 yilgi avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Sport
−
06 yanvar 1020 1 daqiqa
“Formula-1” afsonasi Mixael Shumaxerning 1992 yilgi Benetton Ford B192 poyga mashinasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “Auto hebdo” nashri xabar berdi.
Aynan shu mashinada 1992 yil Mixael Shumaxer o‘zining “Formula-1”dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, o‘sha yilgi Belgiya Gran-prida zafar quchgan. Bu muvaffaqiyat kelajakdagi yetti karra jahon chempioni uchun afsonaviy faoliyat sari qo‘yilgan dastlabki qadam bo‘lgan.
Broad Arrow Auctions auksion uyi ushbu poyga mashinasini kimoshdi sadosiga qo‘ygan. Nemis piloti ushbu mashinadan o‘sha mavsumda oltita poygalarda, jumladan, Belgiya Gran-prisida ham foydalangan. Ushbu mashina uzoq yillar davomida avval “Benetton” jamoasi bazasida, keyin esa Renault muzeyida saqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, auksion tashkilotchilari B192 sotuvidan taxminan 8 million yevro mablag‘ tushishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixael Shumaxer “Formula-1” tarixidagi eng boy haydovchi deb topilgan edi.
Live
Barchasi