Shumaxerning yana bir avtomobili auksionga qo‘yildi

Sport

image

Yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer 1997 yilgi Belgiya Gran-prisida boshqargan “Ferrari F310 B” avtomobili yanvar oyi oxirida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda RM Sotheby’s auksion uyi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, lotning taxminiy bahosi 5,5 million yevrodan 7,5 million yevrogacha deb belgilangan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shassi Shumaxer tomonidan Spa-Frankorsham trassasida saralash bosqichida qo‘llanilgan. Keyinchalik u boshqa avtomobilga o‘tgan. Shundan so‘ng, ushbu mashinani uning jamoadoshi Eddi Irvayn boshqargan: u Italiya Gran-prisida oltinchi o‘rinni egallagan, keyingi poygada sakkizinchi bo‘lgan, ammo Avstriyada Jan Alezi bilan to‘qnashuvdan keyin poygani tark etgan.

Germaniya va Yaponiya bosqichlarida mazkur shassi zaxira avtomobili sifatida xizmat qilgan va shundan keyin poygalarda qo‘llanilmagan. “Ferrari” kompaniyasi avtomobilni 1999 yilda sotgan.

O‘shandan beri mashina bir necha bor ommaga namoyish etilgan. Xususan, u 2019 yildagi “Goodwood” tezlik festivalida, Mixael Shumaxerning 50 yillik yubileyi munosabati bilan ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, auksion joriy yilning 28 yanvar kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixael Shumaxerning 1992 yilgi “Benetton Ford B192” poyga mashinasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil Mixael' Shumaxer “Ferrari”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing