Shvetsiyada noodatiy tanlov e’lon qilindi: orolni 1 yilga yutib olish mumkin
Olam
−
17 fevral 320 1 daqiqa
Shvetsiyaning rasmiy turizm va sayohat bo‘yicha ma’lumotlar portali – “Visit Sweden” noodatiy tanlov e’lon qildi. Endi beshta xususiy orolda bir yil yashash huquqini yutib olish mumkin. Ushbu tashabbusdan maqsad “tabiatdagi erkinlik va mas’uliyatning shvedona talqini”ni dunyoga ko‘rsatish. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Tanlov g‘oliblari orol egasiga aylanmaydi, ularga bir yilga foydalanish huquqi va “rasmiy orol qo‘riqchisi” maqomi beriladi. Bu davrda lager qurish, suzish, do‘stlarni taklif qilish mumkin, biroq yovvoyi tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik shart. Shvetsiyada “Jamoat kirish huquqi” qonun bilan kafolatlangan, ya’ni boshqa odamlar ham orolga kirishi yoki u yer orqali boshqa joyga o‘tishi mumkin.
Yutuqqa Medbadan, Flisan, Storberget, Tjuvholmen va Marsten orollari qo‘yilgan. Sovrin ikki kishiga beriladi va borib-kelish aviachiptasini ham o‘z ichiga oladi. Tanlov 18 yoshdan oshgan barcha xalqaro sayyohlar uchun ochiq, biroq milliarderlar bu toifaga kirmaydi. Kampaniya hashamatni boylik bilan emas, sukunat va soddalik bilan o‘lchashni taklif etmoqda.
Live
Barchasi