Si Szinpin may oyida Yevropaga safar qiladi 

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin 5-10 may kunlari Fransiya, Serbiya va Vengriyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

“Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok va Bosh vazir Viktor Orbanning taklifiga binoan XXR raisi Si Szinpin 5-10 may kunlari ushbu uch davlatga davlat tashrifi bilan boradi”, deydi Xua Chunin.

Xua Chunin bu bosqichda Si Szinpinning yevropalik yetakchilar bilan bo‘lajak muzokaralari mavzularini oshkor qilmaslikni ma’qul ko‘rdi.

Si Szinpinning safari uning Yevropaga 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi tashrifi bo‘ladi. “Politico” 2024 yil mart oyida Xitoy rahbari va Fransiya Prezidenti o‘rtasidagi uchrashuv Pekin va Moskva o‘rtasidagi “cheksiz sheriklik tufayli” pasaygan Yevropa bilan munosabatlarni tiklashga qaratilganini yozgan edi. AFP esa tomonlar Ukraina hududidagi mojaroni ham muhokama qilishlarini xabar qildi.

Yanvar oyida Ukraina hukumati Si Szinpinni Shveysariyadagi mojarolarni hal qilish bo‘yicha tinchlik konferensiyasiga taklif qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qilgan edi. Germaniya rahbari xitoyliklardan Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida Moskvaga ta’sir o‘tkazishni so‘radi. Biroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Sholsga Rossiyaga ham, Ukrainaga ham mos keladigan muzokaralar platformasini yaratish zarurligi haqida gapirib, inqirozni tugatish uchun barcha tomonlar harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Si Tszin'pin Vengriya Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made