Sindorov durang bilan yetakchilikni saqlab qoldi
Sport
−
08:19 1958 1 daqiqa
Kiprda o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirining birinchi davrasi yakunida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov peshqadamlikni qo‘ldan boy bermadi.
Kipr mezbonlik qilayotgan FIDE Candidates Tournament 2026’ning 7-turida o‘zbekistonlik shaxmatchi niderlandiyalik Anish Giri bilan durang qayd etdi. Ushbu natija Sindorovga 6 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qolish imkonini berdi.
Nomzodlar turnirida ilk bor qatnashayotgan Sindorov musobaqani hozircha mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. U avvalgi turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanadha, Fabiano Saruana, Hikaru Nakamura va Vei Yi ustidan g‘alaba qozongan. Faqat Mattias Blubaum hamda Giri bilan o‘yinlar durang bilan yakunlandi.
15 aprelgacha davom etadigan turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon chempionligi uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi. 500 ming AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega musobaqaning ikkinchi davrasi 7 aprel kuni start oladi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel