Sirdaryo hokimi Prezident topshirig‘i bilan boyovutlik otaxonga uy sovg‘a qildi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi. O‘shanda u boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilinishini bildirgan. Prezident viloyat hokimiga qo‘ng‘iroq qilib, otaxonga Gulistondan uy berishni buyurgan.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident topshirig‘idan so‘ng, otaxonga uy sovg‘a qildi.

101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabriklagan, yangi xonadon hujjatlari va kalitini bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sirdaryo Guliston Akmaljon Mahmudaliev Boyovut O'skan ota Hojimanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made