Sirdaryodagi teatrda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
06 avgust 3280 1 daqiqa
Kecha, 5 avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:06 da Guliston shahri “Shodlik” MFY O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan ob’ektlar birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:09 da voqea joyiga yetib borgan hamda yong‘in soat 18:12 da qurshab olinib, soat 19:00 da bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan savdo markazida yong‘in chiqqandi. Alanga 4 soatdan ortiq vaqtda o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi