“Siti” Premer-liga chempionligidan mahrum qilinishi mumkin
Sport
−
26 fevral 13722 1 daqiqa
Avvalroq, “Manchester Siti” moliyaviy qonunbuzarliklarda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi. Klub ushbu qoidabuzarliklarda aybdor deb topilsa, klubning ikkita Angliya Premer-ligasi chempionligi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar “Manchester Siti” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblov yuzasidan aybdor deb topilsa, klubga jiddiy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Jumladan, ochkolar olib tashlanishi yoki klubning quyi ligaga tushirilishi ehtimoli ham mavjud.
Agar shunday choralar ko‘rilsa, “shaharliklar”ning ikki mavsumdagi chempionlik unvonlari “Liverpul”ga berilishi mumkinligi aytilmoqda.
Gap 2018-2019 va 2021-2022 yilgi mavsumlar haqida ketmoqda. 2018-2019 yilgi mavsumda “Liverpul” 97 ochko jamg‘arib, “Manchester Siti”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. 2021-2022 yilgi mavsumda esa mersisaydliklar 92 ochko bilan yana “shaharliklar” ortida ikkinchi pog‘onani band qilgan.
Live
Barchasi