Siyosiy inqiroz. Yermak folbinlar orqali raqiblarini “issiq-sovuq” qilgan (video)

Olam

image

Vladimir Zelenskiy idorasining sobiq rahbari Andrey Yermak 2025 yil oxirida folbinga o‘zining siyosiy raqiblari, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash idoralari rahbarlarining ismlarini yuborgan va “hammasiga tayyor” ekanini qo‘shimcha qilgan. Yozishmalardan parchalarni kecha, 13 may kuni bo‘lib o‘tgan sudda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura prokurori o‘qib eshittirdi. 

Yermak telefonida “Veronika Fenshuy” nomi bilan yozilgan va okkultizm sohasida xizmat ko‘rsatgan Veronika Anikevichga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura rahbari Aleksandr Klimenko va Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi rahbari Semyon Krivonosning ismlarini yozgan. Bunga javoban “Veronika Fenshuy” Yermak harakat qilishi kerakligini yozdi va qo‘shimcha qildi: “Yo siz ularni, yoki ular sizni”. Bunga javoban Yermak yana bir qator ismlarni – “Ukrainskaya pravda” gazetasi jurnalistlari Mixail Tkach va Sevgil Musayeva, “Ukrainskaya pravda” gazetasining o‘zi, uning egalaridan biri Tomash Fialu, Oliy Rada deputatlari Yaroslav Jeleznyak, Aleksey Goncharenko va David Araxamiya ismlarini yozib yuborgan. Yermak: “Men hamma narsaga tayyorman. Ertagayoq”. “Veronika Fenshuy” esa unga javob tariqasida mamlakatdan chiqib ketishni maslahat bergan. 

Yozishmalar Yermak korrupsiya mojarosi natijasida Zelenskiy idorasi rahbari lavozimidan iste’foga chiqarilganidan bir necha haftadan keyin bo‘lib o‘tgan. Ilgari, Ixtisoslashtirilgan prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u bir qator davlat lavozimlariga tayinlashda xuddi shu folbin bilan maslahatlashgan.

Yermakning o‘zi esa jurnalistlar bilan suhbatda  folbinlar bilan muloqot qilganini tan olmagan. 

“Novosti Live” nashrining yozishicha, garchi sud majlisi paytida prokuror Yermak o‘zining siyosiy raqiblarining ismlarini folbin ayolga yuborgani faktini keltirgan, shuningdek, kadrlar bo‘yicha maslahat bergan yozishmalarining parchalarini o‘qib eshittirgan bo‘lsa-da, Yermak folbinlar bilan muloqot qilgani va ezoterika bilan har qanday aloqasini rad etgan. Shundan so‘ng Ukraina OAVlari Veronika ismli folbinni izlab topgan. U rus tilida astrologik Telegram-kanal yuritadigan 51 yoshli Kiyev fuqarosi bo‘lib chiqdi. Yanvar oyida Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Yermak sehrli marosimlar bilan shug‘ullangani va Ukrainaga xorijdan sehrgarlarni olib kelganini aytgan bo‘lib chiqdi. 

Yermak 2020 yil fevralidan beri Zelenskiy ofisini boshqargan. 2025 yil 17 noyabrda u tadbirkor va Zelenskiyning do‘sti Timur Mindich ishi bo‘yicha yirik korrupsion sxemalarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 28 noyabr kuni ertalab korrupsiyaga qarshi kurashish organlari xodimlari Yermakni tintuv qilishdi, kechga borib esa Zelenskiy uni ishdan bo‘shatdi. Iste’foga chiqqanidan bir necha soat o‘tgach, Yermak “New York Post” gazetasiga yozgan maktubida frontga bormoqchi ekanligini aytdi, ammo u buni qilmadi.

11 may kuni Yermakka uyushgan guruh tomonidan yoki juda ko‘p miqdorda jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni legallashtirishda ayblov qo‘yildi. 14 may kuni ertalab sud Yermakka nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Ermak ishi Andey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing