Siyosiy mojaro. Mashhur turk klublari muhim o‘yindan bosh tortdi

Sport

image

Kecha, 29 dekabr kuni Turkiya futbolining grand klublari “Galatasaroy” va “Fenerbaxche” mamlakat Superkubogi uchun to‘qnash kelishi kerak edi. O‘yin Ar-Riyodda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq har ikki jamoa ham stadionga kelmadi.

O‘yin boshlanishidan oldin ham har ikki klub vakillari va Superkubok o‘yini mezbonlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Futbolchilar start hushtagi chalinguncha, maydonga Mustafo Kamol Otaturkning surati tushirilgan futbolkalarini kiyib chiqishni xohlagan. Biroq mahalliy hokimiyat bu qarorni ma’qullamagan. Natijada jamoalar o‘yindan bosh tortgan.

Turkiya futbol federatsiyasi, “Galatasaroy” va “Fenerbaxche” qo‘shma bayonotida “tashkilotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklar tufayli” o‘yin o‘tkazilmasligini aytdi.

"29 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Superkubok-2023 ba’zi tashkiliy uzilishlar tufayli klublarimiz bilan birgalikda qabul qilgan qarorimiz natijasida boshqa sanaga ko‘chirildi”, deyiladi xabarda.

Katta ehtimol bilan bu o‘yin Turkiyada o‘tkazilishi mumkin.

Qayd etish joiz, bu Saudiya Arabistoni vakillari ishtirokidagi joriy mavsumdagi birinchi siyosiy mojaro emas. Oktyabr oyida “Al-Ittihod” OCHL doirasida “Sepaxon” bilan mehmonda o‘ynashdan bosh tortgan edi. Bunga Eron tomoni jamoalarning yechinish xonasidan maydonga chiqish joyiga o‘rnatgan Qosim Sulaymoniy byusti sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Siyosiy mojaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar