Sovet davrining mashhur aktrisasi o‘lim yoqasida

Madaniyat-san’at

image

Ko‘pchilikka "Brilliant qo‘l" filmidagi raqsi bilan tanish bo‘lgan mashhur sovet aktrisasi Svetlana Svetlichnaya o‘tkir miokard infarktidan keyin yeb-ichishdan qoldi. Shifokorlar aktrisa organizmini qon tomiri orqali oziqlantirishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda "Shot" Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 mart kuni Svetlichnaya yurak yetishmovchiligi bilan og‘ir ahvolda Sklifosovskiy ilmiy-tadqiqot institutiga olib borilgan. 

"U 29 martgacha reanimatsiya bo‘limida edi, shundan so‘ng u boshqa bo‘limga o‘tkazilgan. Aktrisa bungacha Gannushkin ruhiy kasalliklar klinikasining psixiatriya bo‘limida ham davolangan", deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning hayotiy quvvati tomir ichiga yuboriladigan maxsus eritma orqali saqlab turilibdi. Svetlichnaya ahvoli og‘irligi va past qon bosimi tufayli ovqatlana olmaydi.

Shifokorlar mashhur aktrisaga "koronar sindrom, yurak va buyrak yetishmovchiligi bilan uchinchi bosqichli gipertenziya" tashxisini qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Svetlichnaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar