Superligada “Neftchi” yetakchilikni qo‘lga oldi

Sport

image

Kecha, 6 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turning so‘nggi kunida “Nasaf”, “Dinamo” va “Xorazm” jamoalari g‘alaba qozondi.

Dastlab, uzoq tanaffusdan so‘ng yana futbol uchrashuvlariga mezbonlik qila boshlagan “Bunyodkor” stadionida Samarqandning “Dinamo” jamoasi mezbon “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Jizzaxda o‘tgan bahsda esa mezbon “So‘g‘diyona” Qarshining “Nasaf” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Turni yakunlab bergan “Xorazm” – OKMK uchrashuvida esa xorazmliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston Superligasi 2-turidan so‘ng turnir jadvalida amaldagi chempion Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkentning “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga “Nasaf” “Neftchi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing