Surxondaryoda chaqalog‘ini 62 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, olti nafar farzandning onasi bo‘lgan 36 yoshli ayol yetti kunlik chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan va buning ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi  bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Surxondaryo viloyatida 2024 yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo odam savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing