Surxondaryoda kadastr xodimi 300 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
04 iyul 8257 1 daqiqa
Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani kadastr xodimi davlat zaxirasidagi yer maydonini 1,1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, fuqarodan 300 mln so‘m pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.N. va kadastrlar palatasi Oltinsoy tuman bo‘limi muhandisi A.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirib, unga Oltinsoy tumani “Ipoq” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 65 sotix yer maydonini 1,1 mlrd so‘mga sotishga kelishigan.
Departamentining Denov tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqro M.N. hamda Oltinsoy tuman Kadastr bo‘limi xodimi A.N. fuqrodan 300 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi noqonuniy yerda uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish uchun 1200 dollar talab qilgan kadastr xodimi ushlangandi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi