Surxondaryoda odamlar yoppasiga qovundan zaharlanmoqdami?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qovun mahsulotlarida nitrat miqdori me’yordan ortiq ekani va uni iste’mol qilgan fuqarolar zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi holatni o‘rganib, viloyat hokimligiga ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, viloyatdagi barcha dehqon va oziq-ovqat bozorlarida poliz mahsulotlari, jumladan, qovunlar doimiy ravishda veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Ulardagi nitrat miqdori belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq deb topilgandagina savdoga chiqarilishiga ruxsat beriladi.

“Ayni kunga qadar viloyatdagi biror tibbiyot muassasasiga qovun iste’moli orqali zaharlanish holati bilan murojaat qilinmagan”, deyiladi xabarda.

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhadagi qovun navlarining Surxondaryo viloyatida yetishtiriladigan mahsulotlarga hech qanday aloqasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan “Bahor” umumiy ovqatlanish shoxobchasida tandir go‘shti ichidan qurt chiqqan edi. Shundan so‘ng umumiy ovqatlanish shoxobchasining jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlaridan tegishli laboratoriya tahlillari uchun namunalar olingan va ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo qovun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing