Surxondaryoda Tojikiston fuqarosini tutqunlikda ushlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar 6941 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Tojikistonning Dushanbe shahridan bo‘lgan fuqaroni noqonuniy holda ushlab turib, uni qiynoqqa solgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Denov shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosini noqonuniy ravishda ushlab turgan.
Aniqlanishicha, denovlik shaxs Dushanbe shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan tanishiga 11 ming AQSH dollari bergan va garov sifatida uning sherigini Denov shahrida olib qolgan.
Pullar o‘z vaqtida qaytarilmaganidan so‘ng, mazkur Tojikiston fuqarosini tutqunlikda ushlab, turli xil qiynoqlarga solib, unga og‘ir darajada tan jarohati yetkazgan.
Hozirda denovlik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirib, fuqaroni aldagan shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi