Suyultirilgan tabiiy gaz eksporti minimal darajaga tushdi

Olam

image

Jahonda suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksporti so‘nggi olti oy ichida eng past darajaga tushdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Kpler” kemalarni kuzatish xizmati ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 10 kun ichida jahon bozorida STG jo‘natishning o‘rtacha hajmi 1,1 million tonnagacha kamaygan – bu 2025 yil sentyabridan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Pasayish asosan Qatar va kamroq darajada BAAdagi vaziyat bilan bog‘liq. Ikkala davlat ham yoqilg‘ini Hormuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib beradi, u yerda Eron tomonidan bo‘layotgan tahdidlar sababli harakat deyarli butunlay to‘xtagan. Mart oyi boshida Qatar Eron zarbalaridan so‘ng dunyodagi eng yirik STG yetkazib beruvchisi bo‘lgan Ras-Laffan zavodini yopishga majbur bo‘ldi. Yana bir hujum 18 mart kuni sodir bo‘ldi, oqibatda 14 ta ishlab chiqarish liniyasidan ikkitasi shikastlandi, ularni ta’mirlash uchun yillar kerak bo‘ladi.

So‘nggi bir yil ichida jahonda STG ishlab chiqarish asosan AQSH va Kanadadagi yangi loyihalar hisobiga doimiy ravishda o‘sib borayotgan edi. Biroq hozirda Qatar STG yetkazib berishi to‘xtagani va jahon STG hajmining qariyb 20 foizi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi amalda yopilgani sababli bu o‘sish to‘xtab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tehron AQSHning mamlakat sohillarida yoki orollarida quruqlikdagi operatsiyasi boshlangan taqdirda Fors ko‘rfazidagi barcha dengiz yo‘llarini minalab tashlash bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron eksporti Hormuz suyultirilgan tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing