Tailandda tinimsiz yomg‘irlar tufayli 13 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 25 noyabr kuni Tailand janubida yashovchilar kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari bilan kurashishda davom etmoqda. Bir necha kunlik yog‘ingarchilik asosiy sayyohlik shahri Xat Yai va boshqa hududlarni suv ostida qoldirdi. Bu haqda “France24” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hukumat janubdagi Songxla provinsiyasida favqulodda holat e’lon qilingan. Meteorologiya departamenti hafta davomida yana yomg‘ir yog‘ishi va suv toshqinlari kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Tailand Tabiiy ofatlar departamentining bildirishicha, o‘tgan hafta oxiridan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar Xat Yai sayyohlik markazi va janubiy mintaqaning katta qismini suvga to‘ldirgan. To‘rtta provinsiyada suv toshqinlari oqibatida 13 kishi vafot etgan.

Mahalliy telekanallarda namoyish etilgan kadrlarda qutqaruvchilar Xat Yaida odamlarni qayiq, skuter va harbiy yuk mashinalari yordamida evakuatsiya qilayotgani aks etgan. Viloyat jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, 20 noyabrdan kunidan beri Songxla shahridagi uylaridan 1 200 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

Tailand Bosh vaziri Anutin Charnvirakul qutqaruv ishlarini tezlashtirish uchun yana ko‘proq qayiq va yuk mashinalari safarbar etilishini bildirdi.

Tailandda odatda iyundan sentyabrgacha kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi ekstremal ob-havoni yanada kuchaytirib, vaziyatni oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanictondagi suvomborlari yog‘ingarchilik kamligi tufayli butunlay qurib qolgani haqida xabar berilgandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yomg'ir Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing