Tailandda yana kran qulab tushdi. 2 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
15 yanvar 1325 1 daqiqa
Bugun, 15 yanvar kuni Tailandda qurilayotgan osma avtomagistralda kran qulab tushdi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandning Samut Sakhon provinsiyasida osma avtomagistral qurilishi paytida kran qulab tushgan. Oqibatda ikkita transport vositasi ezilib ketgan, ikki kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy tuman politsiya bo‘limi boshlig‘i, politsiya polkovnigi Sitthiporn Kasining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi voqea poytaxt Bangkok yaqinidagi Samut Sakhon viloyatida sodir bo‘lgan, u yerda osma avtomagistral qurilishida ishtirok etgan kran, qurilish ostida –yo‘lda harakatlanib ketayotgan transport ustiga qulagan. Bo‘limdagi yana bir politsiya xodimi avtohalokatda besh kishi jarohat olganini aytgan.
Bu Tailanddagi qurilish loyihalari tufayli sodir bo‘lgan bir qator halokatli baxtsiz hodisalarning so‘nggisi bo‘lib, kecha 14 yanvar kuni Nakhon Ratchasima provinsiyasining shimoli-sharqida kran yo‘lovchi poyezd ustiga qulashi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgandi. Bundan tashqari, poyezddagi 195 yo‘lovchidan 66 nafari turli darajada jarohat olgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda deyiladi, xabarda.
Live
Barchasi