Talabalar uchun yakuniy imtihonlar qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun yakuniy imtihonlar 2026 yilning 12 yanvar kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan joriy yilning 5 dekabr kuni qabul qilingan “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quchilarining qishki ta’tilini tashkil etish hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat, xorijiy) qishki ta’til davri joriy yilning 28 dekabridan 2026 yil 10 yanvarga (shu kun ham) qadar davom etadi.

Shuningdek, 2025-2026 o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayonini davom ettirish va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlarni belgilangan grafik asosida 2026 yilning 12 yanvaridan tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Vazir o‘z buyrug‘ida oliy ta’lim tashkilotlarining rektorlariga (direktor) talabalarga 2025-2026 o‘quv yili kuzgi semestri yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yetkazishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy ta'lim yakuniy imtihonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing