“Tanlov qilishlari shart”. Aroqchi AQSHga ultimatum qo‘ydi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH Isroil bilan hamkorlik borasida yakuniy to‘xtamga kelishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 9 aprel kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatish yoki Isroil vositasida harbiy mojaroni davom ettirishdan birini tanlashi kerak.

“Eron va AQSH o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlari aniq va tushunarli: AQSH tanlov qilishi kerak – o‘t ochishni to‘xtatish yoki Isroil orqali urushni davom ettirish. Ular har ikkisiga bir vaqtda erisha olmaydilar”, deb yozdi Aroqchi.

Shuningdek, uning bildirishicha, dunyo Livandagi ommaviy qotilliklarni kuzatib turibdi. Endi to‘p AQSH tomonida va dunyo ushbu mamlakat o‘z majburiyatlarini bajarishini kuzatmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq va zudlik bilan ochish evaziga Eronga beriladigan zarbalar ikki haftaga to‘xtatilishini e’lon qilgan edi. Isroil AQSHni qo‘llab-quvvatladi, biroq rasmiylar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi Livanga taalluqli emasligini qayd etdi. O‘sha kuni Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) harbiy operatsiya boshlanganidan beri Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarshi eng yirik hujum yakunlanganini ma’lum qildi. Qo‘shma Shtatlar ham Livan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga kirmasligini bildirdi. Livanga qilingan hujumlardan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozini qaytadan yopib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil ul'timatum Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing