Telegram-botda 51 ming dollarlik psixotrop sotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Telegram-bot orqali jami 51 ming AQSH dollarlik giyohvandlik va psixotrop moddalar sotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram tarmog‘ida giyohvandlik va psixotrop dori vositalari savdosi uchun yaratilgan 4300 obunachiga ega bo‘lgan maxsus bot faoliyati aniqlangan. Ushbu bot negizida 10 ta yana boshqa bot yaratilgan bo‘lib, 6 tasi faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, 2002 yilda tug‘ilgan A. ismli shaxs botning admini sifatida uni yuritib kelayotgan bo‘lgan. Ushbu shaxs tomonidan boshqarilayotgan bot yordamida 1076 marotaba mijozlarga umumiy bahosi 51 ming 294 AQSH dollarga teng bo‘lgan giyohvandlik va dori vositalari sotilgani aniqlangan. Mazkur shaxsdan giyohvandlik vositalari va bir dona mobil telefon daliliy ashyo sifatida olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda shirinlik orasiga yashirilgan qoradorini xorijdan olib o‘tmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz ushlangani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

psixotrop Telegram-bot 51 ming dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing