Telegram orqali qo‘shni ayolga uyatli gaplar yozgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida qo‘shni ayolga Telegram messenjeri orqali turli xil uyatli gaplar yozib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, 2025 yil 26 dekabr kuni soat 16:20 larda 2006 yilda tug‘ilgan X.D. ismli yigit So‘x tumani, “Rovon” MFYda yashovchi A.X. ga Telegram messenjeri orqali “eringiz Rossiyada ekan, o‘zingiz qo‘rqmaysizmi, borsam birga…”, degan jinsiy aloqa qilish mazmunidagi so‘zlarni yozib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Shundan so‘ng A.X. IIB xodimiga murojaat qilib, bo‘lgan holat haqida shikoyat qilgan va suddan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda X.D. aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2007 yilda tug‘ilgan yigit o‘ziga notanish bo‘lgan qizga shahvoniy harakatlarni sodir etgani uchun 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona So'x shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing