Telegram Ukraina razvedka boshqarmasining botini blokladi

Olam

image

Bugun, 29 aprelga o‘tar kechasi Telegram platformasi rahbariyati “Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasiga qarshi kurashgan bir qator rasmiy botlarni asossiz ravishda bloklab qo‘ydi”. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ma’lum qildi. 

Aniqlik kiritilishicha, “Asosiy razvedka boti” kutilmaganda bloklangan. 

"Bu Telegram rahbariyati ochiq e’lon qilgan qoidalar va ommaviy bayonotlarga zid ravishda sodir bo‘ldi", deyiladi boshqarmaning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Shuningdek, Ukraina razvedkasi ularning asosiy boti bloklanganiga qaramay, foydalanuvchilarning barcha shaxsiy ma’lumotlari xavfsiz ekanini bildirdi. Shu bilan birga, boshqarma foydalanuvchilarni “dushman o‘xshash nomli botlarni yaratayotgani” haqida ogohlantirdi va ularni boshqa platformalarda botni qayta tiklash vaqtida potensial soxta botlarga shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirmaslikka chaqirdi.

Bir qator Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Telegram ham ogohlantirmasdan “Evorog” botlarini, Ukraina Xavfsizlik xizmatining rasmiy botlarini, Ukraina janubidagi koordinator botni va Shahed dronlarining harakatini kuzatish uchun havo hujumidan mudofaa botlarini blokirovka qilgan.

Ma’lumot uchun, 25 mart kuni Oliy Radaga axborot tarqatiladigan Telegram va boshqa ommaviy platformalar ishini tartibga soluvchi qonun loyihasi kiritildi. Qonun loyihasi jismoniy shaxslarni ham, umuman kanallarni ham bloklash talabini, shuningdek, messenjerning Ukraina hukumati organlari bilan aloqa qilish uchun vakolatli vakilining Ukrainada bo‘lishini nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made