Tezkor: AQSH 75 davlatga viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
Olam
−
14 yanvar 6769 1 daqiqa
Davlat departamenti davlat byudjetiga yuk bo‘lishi mumkin bo‘lgan arizachilarga qarshi kurash doirasida 75 mamlakat fuqarolariga viza olish uchun arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatmoqda. Bu haqda “Fox News” xabar departamentning xizmat xatiga tayanib xabar berdi.
“Fox News” ixtiyoriga kelib tushgan ichki hujjatga ko‘ra, konsullik xodimlariga Davlat departamenti tekshiruv va ko‘zdan kechirish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqayotgan paytda amaldagi qonunchilik asosida viza berishni rad etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Cheklovlar joriy etiladigan davlatlar ro‘yxatiga Rossiya, Somali, Afg‘oniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tayland, Yaman va boshqa davlatlar kiritilgan. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.
Arizalarni ko‘rib chiqish 21 yanvardan boshlab to‘xtatiladi. Qayd etilishicha, vazirlik viza berish tartibini qayta ko‘rib chiqayotgan bir paytda pauza “noaniq muddatga” davom etadi.