Tezlikni oshirgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashib, so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urildi. YTH oqibatida Nexia haydovchisi vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 6 yanvar kuni ertalab Urganch tumani Beruniy mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan R.B. Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 24 yoshli M.P. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Nexia avtomashinasi yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan. YTH oqibatida Nexia haydovchisi R.B. voqea joyida halok bo‘lgan.

Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning otasi O.B. esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Nexia haydovchisining tezlikni me’yordan oshirib harakatlanishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm Nexia vafot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing