Jeyms Kemeron milliarder rejissyor bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
17 dekabr 3080 1 daqiqa
“Titanik” va “Avatar” filmlari rejissyori Jeyms Kemeron birinchi marta milliarderga aylandi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jeyms Kemeron milliarderlar klubiga qo‘shilgan. “Forbes” jurnali uning shaxsiy boyligini taxminan 1,1 milliard dollarga baholagan, bu esa 71 yoshli rejissyorni tarixdagi eng muvaffaqiyatli va tijoriy jihatdan ta’siri katta kinoijodkorlardan biriga aylantiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kemeron kapitalining katta qismi filmlarining kassa muvaffaqiyati, foydadagi ishtiroki, litsenziyasi va “Lightstorm Entertainment” kompaniyasidagi ulushi tufayli shakllangan.
Kemeron milliarder rejissyorlarning o‘ta tor doirasiga kiradi, ilgari unga Jorj Lukas, Stiven Spilberg, Piter Jekson va Tayler Perri kabi shaxslar kirgan. Uning filmlari jahon prokatida 9 milliardga yaqin mablag‘ to‘plagan va 18 dekabrda chiqishi rejalashtirilgan “Avatar 3” premerasi unga qo‘shimcha ravishda 200 millionga yaqin daromad keltirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning boyligi 1,4 milliard dollar deb baholangan va u shu tariqa futbol tarixidagi birinchi milliarder sifatida qayd etilgandi. O‘tgan yili esa amerikalik san’atkor Teylor Svift faqatgina qo‘shiqlari va konsert dasturlari asosida milliarderlar reytingiga kirgan birinchi xonandaga aylangandi.
Live
Barchasi