TIV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasiga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi. Bu haqda TIV bayonoti e’lon qilindi.

“O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, agar Rossiya Federatsiyasida bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

“Shu munosabat bilan, Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi”, deyiladi bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga bormaslikni tavsiya qilgan edi. Kecha, 7 may kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar joriy etilgani munosabati bilan mamlakatga borishda barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib borishni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made