“Tolibon” Pokiston bilan chegarada yangi hujumlar to‘lqinini boshladi

Olam

image

Bugun, 27 fevral kuni Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Pokiston bilan chegarada yangi hujumlar to‘lqinini boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Ariana News” telekanali xabar berdi.

“Manbalarning xabar berishicha, shartli chegara chizig‘i (“Dyurand chizig‘i”) bo‘ylab Pokiston harbiy rejimi pozitsiyalariga qarshi yangi qasos hujumlari to‘lqini boshlangan”, deyiladi xabarda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar Host viloyatining bir qator tumanlarida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 fevral kuni Afg‘oniston Pokiston harbiy-havo kuchlarining afg‘on hududini bombardimon qilganiga javoban, butun “Dyurand chizig‘i” – Qobul tomonidan tan olinmagan ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘ylab Pokiston harbiylariga qarshi harbiy operatsiya boshlagandi. Pokiston, o‘z navbatida, javob o‘ti ochilganini, keyinroq esa Afg‘oniston bilan “ochiq urush” boshlanganini e’lon qildi.

Hozirgi keskinlashuv 2025 yil oktyabr oyida boshlangan Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi mojaroning davomidir. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish haqida bayonot bergan, biroq chegarada tinchlik bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Islomobod Qobulni terrorchilarga boshpana berishda ayblamoqda, Afg‘oniston rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Tolibon Dyurand chizig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing