Topuriya yozgacha oktagonga qaytmaydi – manba
Sport
−
10 yanvar 655 1 daqiqa
UFC yengil vazn toifasida chempion bo‘lgan Iliya Topuriya chempionlik unvonini himoya qilish uchun 2026 yil bahorining oxiri yoki yozigacha oktagonga qaytmaydi. Bu haqda BJPenn nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Topuriyaning oktagonga qaytishi uning shaxsiy hayotidagi masalalar hal etilishiga bevosita bog‘liq. U hozirda sobiq rafiqasiga qarshi ilk sud jarayonida g‘alaba qozongandi. Sud Topuriyaning sobiq xotiniga ajrashish jarayoni yakunlanmaguncha va bolaning ko‘rish jadvali aniqlanmaguncha qizini Ispaniyadan tashqariga olib chiqishni taqiqladi.
Ta’kidlanishicha, Topuriyaning qaytishidan keyingi ilk chempionlik himoyasi Jastin Getji va Peddi Pimblett o‘rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangi g‘olibiga qarshi bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu jang joriy yilning 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 324 turniri doirasida tashkil etiladi.
Chempionlik himoyasining sanasi va aniq raqibi borasidagi yakuniy qaror UFC rahbariyati rejalariga, shuningdek, Topuriya barcha huquqiy masalalarni qanchalik tez hal qila olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Live
Barchasi