Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa vafot etdi
Jamiyat
−
09 yanvar 5795 1 daqiqa
Kecha, 8 yanvar kuni Toshkent shahridagi hayvonot bog‘ida saqlanadigan jirafa oshqozon buralishidan vafot etdi. Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz jirafani saqlab qolish uchun barcha davolash usullarini qo‘lladik. Jumladan, xalqaro veterinariya videokonferensiyalarida ishtirok etgan mutaxassislarning yordami va xorijiy hamkasblar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvdan foydalandik”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, patologanatomik tekshiruv natijalari jirafaning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘lganini ko‘rsatgan. Jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, ularning oshqozon-ichak tizimida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib bo‘lmaydi. Chunki jahon amaliyotida bunday kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash holatlari mavjud emas.
Live
Barchasi