Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Mirmuhammad Mirshahidovich Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Mirmuhammad Mirhamidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi.

Mirmuhammad Mirhamidov 2006 yildan boshlab prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

2023 yildan bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim o'rinbosari Mirmuhammad Mirhamidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing