Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

Biznes

image

3 may kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida soat 10:00 da "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni siz hamkor institutlar, dasturlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul talablari, ichki imtihon hamda tayyorlov kurslari bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Siz uchun ushbu kunda Konsta hamda institutning Cover Club a’zolari tomonidan musiqiy tadbir ham o‘tkaziladi.

Ochiq eshiklar kunida oliygohga tashrif buyurgan mehmonlarni maxsus ko‘ngillilar guruhi qarshi olib, TSMRIdagi ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari, mavjud yo‘nalishlar, fanlar hamda pedagoglar bilan yaqindan tanishtiradi.

Shuningdek, abituriyentlar o‘qishga kirishning asosiy talab va mezonlari bilan ham batafsil tanishtiriladi.

Ekskursiya davomida abituriyentlar institutning darsxonalari, kutubxonasi, oshxonasi, sport zal, ochiq maydon hamda suzish havzasida ham bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent shahridagi Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti 2007 yil 5 sentyabrdagi PQ-691-sonli qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. Ayni damda institutda Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend hamda Tissayd universitetlarining o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston, MDH va boshqa xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari quyidagi yo‘nalishlarda kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Batafsil ma’lumot uchun raqamlar :
📲 +998 71 271 77 02 |📲 +998 71 113 77 02

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made