Toshkent va Namanganda narkokurerlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Namangan viloyatida 30 kilogramga yaqin giyohvand modda olishga uringan narkokurerlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIV va DXXning hamkorlikdagi tezkor tadbirlari natijasida 30 kiloga yaqin taqiqlangan moddalar musodara qilingan. 

Toshkentda yashirin joydan 19 kg 80 gramm giyohvandlik vositasini olishga uringan 1978 va 1973 yilda tug‘ilgan 2 erkak qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yashirin joylarning koordinatalari uyushgan guruh a’zolariga ularning tanishlari tomonidan berilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi  5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, xuddi shuningdek ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

13 noyabr kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida kurerlik vazifasini bajargan 1995 va 1993 yilda tug‘ilgan ikki erkak qo‘lga olindi. Ular maxfiy joydan 10 kg gashish olishga harakat qilgan. Tergovning aniqlashicha, ijrochilar jinoiy guruh rahbarlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilgan, ularga xatcho‘p qo‘yish joylarining geolokatsiyasi oldindan berilgan. Tashkilotchilardan biri – 2001 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan, ikkinchisi Qirg‘izistonda hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan shaxs qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIV Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing