Toshkentda ham harbiy parad o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 may kuni Toshkent ko‘chalarida keng miqyosli parad o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – “Magic City” maydoni (Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning “Magic City” maydonidagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8 may kuni soat 14:00 da “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 8-9 may kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mudofaa vazirligi parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made