Toshkentda havo sifati yaxshilandi
Jamiyat
−
07 dekabr 4575 1 daqiqa
Bugun, 7 dekabr kuni ertalab soat 09:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahrida havo sifati yaxshilandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 45,1 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi.
Shuningdek, PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 27,4 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) oshib ketmadi.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘gandi, biroq bu bilan havo tozalanmadi. Yog‘ingarchilikka qaramay, 5 dekabr kuni tongda poytaxtda PM2,5 konsentratsiyasi yana ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan.
Live
Barchasi