Toshkentda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda hokim yordamchisi pora olayotgan paytda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan hokim yordamchisi so‘ralgan pulni o‘zining tanishlari orqali olgan vaqtida ushlangan.

Bildirilishicha, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi "v" bandi va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari),211-moddasi (Pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib utamiz, avvalroq IIO xodimlari pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing