Toshkentda 21 yoshli qiz 17 yoshli qizni fohishalikka majburladi (video)
3-sahifa
−
13 noyabr 15845 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda voyaga yetmagan qizni tazyiq va zo‘ravonlik bilan fohishalik qilishga majburlash holati aks etgan video tasvirlar tarqalib, jamoatchilikning e’trozlariga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilib, videotasvirdagi ayollarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
O‘rganish ishlari davomida muqaddam jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan sudlangan, 2004 yilda tug‘ilgan Sh.T. unga tanish bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan M.M.ni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonda ushlab turgan. Qizning telefon apparatini talon-taroj qilib, sotib yuborgan. Bundan tashqari, M.M.ning ojiz ahvoldaligidan foydalanib, unga muntazam ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi M.M.ning huquqlari qonuniy asosda tiklanib, Andijon viloyati IIB tomonidan gumonlanuvchi Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi, 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a, b” bandi va 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a” bandi, bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jabrlanuvchi M.M.ga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan psixologik, yuridik va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahridagi tungi klublardan birida 2008 yilda tug‘ilgan qiz ishlayotgani aniqlangan edi.
Live
Barchasi