Toshkentda 31 yoshli erkak operatsiya vaqtida vafot etdi

3-sahifa

image
Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokor oqlandi north_east

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokor oqlandi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan 31 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 12 noyabr kuni 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro H.D. Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaga “chap tomonlama burun kistoz gaymariti, o‘ng tomonlama o‘rta burun chig‘anog‘i ko‘ndxo bullyozi vazamator rinit” tashxisi bilan murojaat qilgan. Ushbu klinika shifokorlari tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tash jarayonida soat 12:20 larda puls ko‘rsatkichlari yo‘qolib, yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab qolishi oqibatida biologik o‘lim holati yuz bergan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali Morfologiya bo‘limining joriy yilning 13 noyabr kungi 1250-sonli dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, H.D.ning o‘limiga o‘tkir koronar o‘lim, o‘tkir anafilaktik shok sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida 12 noyabr kuni sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan xususiy klinika shifokorlariga nisbatan joriy yilning 29 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
  
Bundan tashqari, dastlabki tergovda berilgan alohida topshiriqqa asosan xususiy klinika faoliyati 14-03/28-sonli qarorga bilan joriy yilning 6 dekabridan rasman to‘xtatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent shahridagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan 9 yoshli bola vafot etgandi. Undan oldinroq esa Samarqand shahrida burun operatsiyasiga kirgan 16 yoshli qiz shifoxonada vafot etgandi. Marhumaning onasi shifokorlar qizining yuragi operatsiyani ko‘tara olmagini aytganini, lekin farzandining sog‘lom bo‘lganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Olmazor operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing