Toshkentda 35 yoshli piyoda avtobus ostida qolib halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrida 35 yoshli piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:40 larda “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 45-sonli Yutong elektrobusi Bektemir tumanida joylashgan “Qo‘yliq dehqon bozori” ASHBda orqaga yurayotganda piyoda A.K. ni (1991 yil tug‘ilgan) urib yuborgan. Avtobusni 7 yillik “staj”ga ega 1994 yil tug‘ilgan haydovchi boshqargan. Hodisa oqibatida piyoda A.K. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Makzur holat Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

“Sodir bo‘lgan mazkur baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga “Toshshahartransxizmat” AJ chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia o‘rtasida uyushtirilgan poygada ikki kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus Qo'yliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing