Toshkentda dam solishga borgan erkak 2 ayolga shahvoniy shilqimlik qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yangihayot tumanida ayol va uning jiyaniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni Yangihayot tumani “Yangi turmush” mahallasida yashovchi Z.F. yomon tush ko‘rgani uchun o‘zini o‘qitish maqsadida tanishi orqali M.A.ni xonadoniga chaqirgan. Shuningdek, tanishi Z.F. ga o‘qib qo‘ygani uchun M.A.ga 3 mln 600 ming so‘m berishi kerakligini aytgan. Z.F.ni o‘qish uchun kelgan erkak dastlab, uning jiyani A.O.ga, keyin esa uning o‘ziga ham shahvoniy shilqimlik qilib, o‘pmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, Z.F. qo‘rqib ketib, IIB xodimlariga murojaat qilgan.

Kecha, 21 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda M.A. aybiga iqror bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida voyaga yetmagan 2 nafar qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangihayot tumani shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing