Toshkentda ayrim avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 9 iyuldan 9 avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi:

190-sonli avtobus yo‘nalishi

  • Yangibozor ASHB – Mashinasozlar metro bekati ASHB yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.

106-sonli avtobus yo‘nalishi

  • Saodat savdo markazi – Akfa Universiteti yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.

Yo‘lovchilardan ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish va safarlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabrigacha Toshkent shahriga 200 ta, keyingi yili yana mingta avtobus olib kelinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qurilish avtobus yo'nalishlari ta'mirlash ishlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing