Toshkentda Cobalt YTHga uchrab, yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
01 yanvar 2462 1 daqiqa
Bugun, 1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahrida Cobalt boshqa avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 01:59 da Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida 85/1-uy qarshisida ikki avtomobil yo‘l transport hodisasi sodir etgani, to‘qnashuv oqibatida Cobalt avtomobili yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:08 da yetib borib, yong‘in soat 02:14 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Lacetti va Nexia-3 mashinalari to‘qnashib ketishi oqibatida Nexia yo‘lovchisi vafot etgandi.
Live
Barchasi