Toshkentda elektromobil butkul yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
28 avgust 10363 1 daqiqa
Bugun, 28 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:09 da Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:15 da yetib borib, yong‘in soat 08:19 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatda 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi