Toshkentda “elektroset” muhandislari pora bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri tumanlaridan biridagi elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi tijorat bank filiali binosida o‘rnatilgan elektr hisoblagich noto‘g‘ri sxema orqali tarmoqqa ulanganligi oqibatida elektr energiyasi xato hisoblanayotganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirgan. 

Ular elektr hisoblagichni tarmoqqa ulagan MCHJ rahbaridan mazkur dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 400 mln so‘m jarimani 65 mln so‘mga tushirib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandislar so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan. 

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida bog‘chaga bola qabul qilish uchun 2,5 million so‘m pora talab qilgan mudira qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora muhandis elektroset

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing