Toshkentda erkak o‘zini 10-qavatdan tashladi (video)
3-sahifa
−
02 Oktabr 22234 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanida erkak o‘zini 10-qavatdan tashlab yuborib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qonuniy qaror qabul kilinishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham aynan shu hududda – Toshkent shahrining Olmazor tumanida ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida 2022 va 2024 yillarda tug‘ilgan ikki nafar o‘g‘il farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati, yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgandi. So‘ngra o‘sha ko‘p qavatli uyning 8-qavatidagi yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga otgan edi.
Live
Barchasi