Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Gelik” mashinasida 200 kmdan ortiqroq tezlikda harakatlangan shaxsga chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (IIBB YHXB) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, A.Sh. ismli shaxs joriy yilning 8 mart kunidan 9 mart kuniga o‘tar kechasi, Sergeli yangi yo‘lida Mercedes-Benz avtomobilida “megalka” qo‘yib, haydagan.

Harakat paytida ushbu haydovchi soatiga 200 kmdan ham yuqori tezlikda haydab, ushbu qoidabuzarlikni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan.

Toshkent shahar IIBB YHXB monitoring guruhi ushbu holat bo‘yicha tezkor qidiruv olib borib, barcha ma’lumotlarga aniqlik kiritgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMWda YPX inspektorini urib yuborgan o‘quvchi qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB Gelik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing