Toshkentda xonadonida psixotrop dori saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
09 dekabr 1367 1 daqiqa
Toshkent shahrida xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvda bo‘lgan poytaxtlik 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada uning uyida 1835 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.
Eng achinarlisi shundaki, tarkibida ko‘p miqdorda pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan ushbu psixotrop dori vositalarini biologik faol qo‘shimchalar idishlariga qadoqlab, kelgusida ularni yashirin tarzda dorixonalarda yashirib sotish maqsad qilingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qoradori yetkazishda 13 yoshli jiyanidan foydalangan ayol ushlangandi.
Live
Barchasi