Chirchiqda koptokni olaman deb daryoga tushgan 15 yoshli bola vafot etdi
3-sahifa
−
09 dekabr 5146 1 daqiqa
Toshkent viloyatida koptogini olaman deb Chirchiq daryosiga tushib ketgan 15 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Kecha, 8 dekabr kuni soat 09:50 larda Chirchiq shahrida yashovchi F.U. shahar IIBning navbatchilik qismiga murojaat qilib, 7 dekabr kuni voyaga yetmagan 2010 yilda tug‘ilgan farzandi U.F. yashash uyi oldida do‘stlari bilan futbol o‘ynash uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan U.F. uyi oldida do‘stlari bilan futbol o‘ynayotgan vaqtida koptok Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Bola ushbu koptokni olayotgan vaqtida o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan va cho‘kib, bedarak yo‘qolgan.
Prokuraturaga ko‘ra, bola o‘lik holda topilgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida axborot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev bedarak yo‘qolgandi.
Live
Barchasi