Toshkentda uyida ko‘knori yetishtirgan “dehqon” ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida o‘z uyida 160 tup ko‘knoriga o‘xshash o‘simlik yetishtirib, parvarishlab kelgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Toshkent shahar IIBB, Olmazor tumani ichki ishlar organlari, DXX hamda tuman prokuraturasi tomonidan “Qoradori-2026” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida navbatdagi giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holat aniqlangan. Toshkent shahar Olmazor tumani hududida joylashgan xonadonlarning biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqa yer maydoniga 260 tup bo‘yi 20 santimetrdan 1,5 metrgacha bo‘lgan ko‘knoriga o‘xshash o‘simliklar parvarishlab yetishtirilayotganligi ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan olingan daliliy ashyolar o‘rnatilgan tartibda ekspertizaga topshirilgan va qonuniy chora ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda narkotik moddalarni Telegram orqali sotgan jinoiy to‘da ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX Qoradori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing